Koronavirus vahimasi: Koreyadagi O‘zbekiston elchisi xotirjamlikni saqlashga chaqirmoqda

O‘zbekiston Hukumati komissiyasi qaroriga muvofiq, 8-mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Seul shahriga charter qatnovini amalga oshiradi. Fuqarolardan Toshkent shahar aeroportida yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘ralmoqda
Sputnik

TOShKENT, 5 mar - Sputnik. O‘zbekistonning Koreyadagi elchisi Vitaliy Fen koronavirus tufayli Koreyada vaqtincha va doimiy ravishda istiqomat qilib kelayotgan barcha o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

Koronavirus vahimasi: Yaponiyada supermarket rastalari bo‘shab qoldi

Elchining so‘zlariga ko‘ra, Koreya Respublikasi hukumati koronavirus bilan kurashish uchun boshqa davlatlarga nisbatan jadal ravishda mas’uliyat bilan zamonaviy tibbiyot texnologiya va ilg‘or tajribani qo‘llagan holda virus bilan kasallangan bemorlarni qisqa muddat ichida aniqlash va ularni davolash bo‘yicha barcha say-harakatlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Hozirda bemorlarning soni ko‘payib borayotgani bilan, ammo yaqin kelajakda Koreya hukumati va tibbiyot sohasi mutaxassislari virus tarqalishining kamayishiga va uning xavfini keskin susayishga ishonch bildirmoqdalar, deb ta’kidlaydi diplomat.

"Bunday vaziyatda O‘zbekiston fuqarolarini tashvishga tushmasdan xotirjamlikni saqlashga chaqiraman. Shu bilan birga, odamlar yig‘iladigan tadbir yoki joylarga bormaslikni, ushbu virusga qarshi kurashish uchun tavsiya etilgan ehtiyot choralarini qat’iyan bajarishingizni so‘rayman", - deyiladi murojaatda.

Eronda koronavirus yuqtirgan yuqori lavozimli amaldor vafot etdi

Shuningdek, O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi koronavirus sababli paydo bo‘layotgan muammolarni tezkorlikda bartaraf etish uchun 24 soatlik ish tartibiga o‘tkazilgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hududida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning kuchayishi tufayli 8-mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Seul shahriga charter qatnovini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. O‘zbekiston Havo yo‘llari fuqarolardan Toshkent shahar aeroportida yo‘lovchilarni kutib olmaslikni so‘ragan edi.