TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Xurrak otish uxlayotgan odamning ham, sherigining sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir qiladi, deydi nevrolog, tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Tardov.
“Xurrak tovushi uyquni buzishi mumkin. Bu yetarli darajada dam olmaslikka olib keladi, kun davomida uyquchilikni kuchaytiradi, bu ayniqsa – haydovchilar va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlaydigan kishilarga xavfli bo‘lishi mumkin”, - deydi shifokor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayro uyqu muammoni hal qilishi mumkin. Shuni yodda tutish kerakki, xurrak otuvchi kishiga yaqin bo‘lganlar o‘zlarining sheriklarida tizimli nafas olish tizimining buzilishi - apneani sezmay qolishi mumkin. Xurrak ko‘pincha ushbu kasallikning paydo bo‘lishi haqida ishora beradi, taxminan 25 foiz odamlarda bu kasallikning alomatlari mavjudligi gumon qilinadi.
Shifokor xurrak otishdan aziyat chekayotganlar tibbiy tekshiruv uchun shifokorga murojaat qilishi kerak.