Yevropada kiber qo‘shin tuzildi

Oltita davlat - Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Niderlandiya, Ruminiya va Litva Yevropa Ittifoqining kiber qo‘shinlari tuzdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar – Sputnik. Yevropaning oltita davlati Yevropa Ittifoqining kiber qo‘shinlarini tuzish haqida memorandum imzoladi, deb xabar beradi Sputnik Litva mamlakat Mudofaa vazirligiga asosan.

Erdog‘an Yevropa ittifoqini millionlab qochqinlar haqida ogohlantirdi

Uyushmaga Estoniya, Polsha, Xorvatiya, Niderlandiya, Ruminiya va Litva kirdi. Litva bu uyushmaga rahbarlik qiladi.

Ishtirokchi davlatlar kelishuvni 4-mart kuni Zagrebda imzoladilar.

Hujjatda fuqaro va harbiy mutaxassislarning xalqaro guruhi ishlashi ko‘zda tutilgan, ular kiberhududni kuzatib boradi va kiber hujumlarga tezkor javob qaytaradi, tergov ishlarini olib boradi va ehtimoliy hodisalarning oqibatlarini yo‘q qiladi.

Uyushmada rahbarlik rotatsiya tamoyiliga ko‘ra o‘zgaradi. Yana yetti mamlakat - Belgiya, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Sloveniya va Finlyandiya kuzatuvchi maqomidaga qo‘shildi.