Dushanbeni koronavirus vahimasi bosdi: oziq-ovqat qimmatlashmoqda

Tojikiston rasmiylari yetarlicha oziq-ovqat borligi to‘g‘risidagi bayonotlariga qaramasdan, Dushanbe bozorlari hayajonda, oziq-ovqat narxlari oshmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar - Sputnik, Azamat Shokirov. Tojikiston poytaxtidagi supermarket javonlari va dehqon bozorlarini xaridorlar tomonidan amalga oshirilgan ommaviy hujumi kechagi kunda qolib ketdi.

Bugungi kunda bunday qo‘zg‘alish kuzatilmayapti. Un, shakar va o‘simlik yog‘i savdosidan mamnun sotuvchilar daromadlarini hisoblashmoqda.

"Odamlar bozor atrofida vahim barcha mahsulotlarni javonlardan supurib tashladilar. Men Mehrgon bozorida yo‘lovchilarni tushirayotganimda, bir kishi oldimga yugurib kelib, uyiga xaridlarni yetkazib berish uchun oldindan pul to‘ladi. Ular salonga un, guruch, shakar qoplariri, pista yog‘i qadoqlangan korobkalarni joyladilar", - deydi taksi haydovchisi Iskandar.

Mikroavtobusni ijaraga olishga ulgurmaganlar taksi to‘htash joylarida yugurib yurib birdaniga ikki-uchta mashinani ijaraga olishar edi.

"Bir ayol birdaniga uchta taksiga buyurtma berdi, salon va yukhonani sumkalar, qoplar va qutilar bilan. Men undan hazillashib "Xola, urushga tayyorlanyapsizmi?" - deb so‘radim. Va u koronavirus epidemiyasi sababli barcha bozorlar yopilarkan va keyin ocharchilik boshlanadi, deb javob berdi", - deya kuladi taksi haydovchisi Ahror.

Rossiyada yana bir koronavirus yuqtirish holati qayd etildi

To‘palonning sababi ijtimoiy tarmoqlarning tojik segmentidagi vahima xabarlari edi. Odamlarning ko‘p joyga to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun masjidlarning yopilishi haqidagi xabar poytaxt aholisini battar hayajonga soldi. Dushanbe chekkasida joylashgan Giprozem shahridagi ulgurji bozor yopilgani haqidagi uydirma xabar olovga yog‘ quydi.

Odatda bu yerga, shahar atrofidagi dehqonlar oziq-ovqat mahsulotlari, asosan sabzavot, meva va o‘tlarni olib kelishgan. Bu yerdan mahsulotlar poytaxtning boshqa bozorlariga tarqalardi.

Bozorlardagi mahsulot sotib olishga ulgurmagan Dushanbe aholisi supermarketlarga shoshilishdi, garchi narxlar bozor narxlaridan 10-15 foizga qimmatroq. Bu yerda ham ular konserva mahsulotlariga e’tibor bermay, un, shakar va o‘simlik yog‘ini tortib ketishdi.

"Mening buvim urush paytida birinchi navbatda tuz, sovun, gugurt va kerosin sotib olishganini aytishdi, lekin bizda bunday tovarlar yo‘q, birinchi ikkitasidan tashqari. Lekin hamma joyda tuz bor, siz istalgan do‘kondan sotib olishingiz mumkin, chunki u o‘zimizda ishlab chiqariladi. Ammo import qilingan oziq-ovqatlarni katta hajmda olishdi", - dedi sotuvchi Ahmad.

Koronavirus tufayli oyoqlar bilan "salomlashishmoqda" - OPEKdagi uchrashuvdan video

Darvoqe, viloyatlarda bunday tendensiyalar kuzatilmadi, barcha savdo obyektlari odatdagidek ishladi. Koronavirus tufayli vahima virusi faqat Dushanbe shahrida tarqaldi.

Bugungi kunda poytaxt bozorlari va supermarketlarida xaridorlarning katta oqimi yo‘q. Ammo un, o‘simlik yog‘i va shakarning narxi kechagi darajada qolmoqda. Savdogarlar vujudga kelgan vaziyatdan barcha mumkin bo‘lgan daromadni chiqarib olish umidida.

Hozirda un tojiklar ratsionida asosiy mahsulot hisoblanadi. U asosan Qozog‘istondan olib kelinadi, ammo ohirgi paytlarda mahalliy chakana sotuvchilar shu yerda qayta ishlanadigan bug‘doyni afzal ko‘rishmoqda. Strategik tovarlar narxining ko‘tarilishi (kecha 50 kg uchun 210 dan 250 somoniygacha) iste’molchilar cho‘ntagiga jiddiy zarar yetkazadi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya qilish vazirligi bayonot berib, respublikada qotil virusi epidemiyasi tarqalishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi va aholini turli mish-mishlar tufayli vahima qo‘zg‘amaslikka chaqirdi. Epidemiologlar fuqarolarga yaqin aloqada bo‘lmaslik, qo‘l siqish, quchoqlash va o‘pishdan bosh tortishni tavsiya qiladi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar mamlakatda koronavirus holatlari qayd etilmagan. Karantin zonalarida 320 kishi nazorat ostida qolmoqda, ularning barchasi chet elliklar. Davlat chegarasini kesib o‘tishda 5 davlat fuqarolari darhol shifokorlar nazoratiga o‘tkaziladi: Xitoy, Janubiy Koreya, Eron, Italiya va Afg‘oniston.