Chexiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiyalar behuda ekanini ma’lum qildi

Rossiya va G‘arb mamlakatlari munosabatlari Ukraina va Rossiya tarkibiga referendumdan so‘ng kirgan Qrim bilan bog‘liq vaziyat bois yomonlashgan. O‘shandan buyon Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritish boshlangan.
Sputnik

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Chexiya prezidenti Milosh Zeman yana G‘arb mamlakatlarining sanksiya siyosati, jumladan, Rossiyaga qarshi behuda ekanini ma’lum qildi.

Chexiya prezidenti Putinni kuchli siyosatchi deb atadi

“Men hamisha nafaqat Rossiyaga qarshi, balki umuman har qanday sanksiyaning dushmani bo‘lganman. Zero, ularni samarasiz deb hisoblayman. Kubaga qarshi sanksiyalar 50-yil amal qildi. Hech nima o‘zgarmadi, Kastro rejimi hozirgacha davom etmoqda”, - dedi Zeman Slovakiyaning “Pravda” gazetasiga bergan intervyusida.

Rossiya va G‘arb mamlakatlari munosabatlari Ukraina va Rossiya tarkibiga referendumdan so‘ng kirgan Qrim bilan bog‘liq vaziyat bois yomonlashdi. G‘arb Rossiyani aralashganlikda ayblab, unga qarshi sanksiya kiritdi. Moskva javob choralarini ko‘rdi. So‘nggi paytlarda YeI mamlakatlarida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish kerakligi borasidagi fikrlar yangramoqda.