Bishkek shoshilinch tibbiy yordam markazi jonlashtirish bo‘limi boshlig‘i Yegor Borisov bemorlarning tez-tez hujumlar qilishlari tufayli tez tibbiy yordam shifokorlari o‘z ishlaridan bo‘shab ketishayotganliklarini ma’lum qildi.
Uning fikricha, bunday holatlar kadrlar etishmasligini yanada kuchaytiradi.
“Mening fikrimcha, bizning jamiyatimiz muammolarini aks ettiradigan holat shundaki, tuni bilan spirtli ichimlik ichib ertalab ishga ketish uchun o‘zlarini tartibga solmoqchi bo‘lgan qizlarning chaqiruviga ayol-vrach kelgani. Ular shifokordan ularga tomiridan tomchi dori quyilishini talab qilishdi. Vrach esa o‘z navbatida bu tez tibbiy yordam xizmati ma’suliyatiga kirmasligini tushuntirdi, chunki ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun hech qanday xavf yo‘q. Ularga bu yoqmagan va uch qiz yoshi o‘zidan ikki baravar katta shifokorni do‘pposlashdi. Shifokor mo‘’jizaviy tarzda xonadondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi, qo‘shnilar uni uylarida yashirishdi va militsiyani chaqirishdi”, - deya hikoya qildi Borisov Sputnik radiosi efirida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham bu muammo hanuz dolzarbdir. So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonning turli joylarida shifokorlarga hujum qilish, ularni do‘pposlash hollari tez-tez uchrab turibdi. Masalan, yaqinda Farg‘onada janjalkash ona-bola do‘pposlagan hamshira og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan edi. Natijada ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.