Bogdasarov: Donald Tramp o‘zini tinchlik o‘rnatuvchisi sifatida ko‘rsatishga qaror qildi

Ekspert Donald Tramp amerikaliklar Afg‘onistondagi o‘z vazifalarini hal qilib bo‘lganligini ko‘rsatishga qaror qildi, deb hisoblaydi.
Sputnik

AQSh va “Tolibon” radikal harakati 29-fevral kuni Qatarda tinchlik bitimini imzoladi. Bitim Afg‘onistondan amerika qo‘shinlari chiqarilishini hamda afg‘onlararo muloqot boshlanganligini nazarda tutadi. Hujjatga muvofiq, AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 135 kun davomida 12 mingdan 8,6 ming kishigacha qisqartirish majburiyatini oladi. “Tolibon” kelgusida zo‘ravonlikdan o‘zini tiysa, amerikaliklar 14 oy davomida o‘z kuchlarini va NATO kuchlarini olib chiqishni davom ettiradilar. “Tolibon” ushbu harakatlarga javoban afg‘on hududidan AQSh va boshqa davlatlarga hujum qilish uchun foydalanishdan voz kechishi lozim.

“Tolibon” Kobulga keskin talab qo‘ydi: ShHT davlatlari qanday javob beradi?

Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarini o‘rganish Markazi direktori Semon Bagdasarov AQSh prezidenti Donald Tramp saylovlar arafasida u buyuk tinchlik o‘rnatuvchi ekanligini va bitim tuzish orqali o‘z va’dalarini bajarishini namoyish etishga qaror qilgan deb hisoblaydi.

Ekspertning fikriga ko‘ra, Donald Tramp amerikaliklar Afg‘onistondagi o‘z vazifalarini hal qilib bo‘lganligini ko‘rsatishga qaror qilgan.

“Agar 14 oydan keyin Amerika qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etsa, unda bir yoki ikki yildan keyin “Tolibon” Kobulda bo‘ladi. Ular Afg‘oniston hududining 70 foizini nazorat qilmoqdalar”, - dedi u Sputnik efirida.

Uning fikricha, amerikaliklarning Afg‘oniston hududida bo‘lishi allaqachon ramziy ahamiyatga ega va qo‘shinlarning olib ketilishi toliblarga mamlakatning qolgan qismi - Kobulni nazoratga olishga imkon beradi.

Tramp Afg‘onistondan qo‘shinlar kechiktirilmay olib chiqilishini ma’lum qildi

Bogdasarov, shuningdek, istilo  kuchlar Afg‘onistonni tark etgandan so‘ng, toliblar mamlakat ichida qandaydir qattiq rejim o‘rnatishi mumkinligini taxmin qildi.

Bogdasarov: Donald Tramp o‘zini tinchlik o‘rnatuvchisi sifatida ko‘rsatishga qaror qildi