Zaharli cho‘l: dastlab odamlar ko‘lni xarob qilishdi - endi u qasos olmoqda

Minglab kilometrlar davomida – zaharli ximikatlar aralashgan sho‘r qum qatlami, tikanlar va tashlab yuborilgan kemalarning zanglagan asoslari.
Sputnik

Olga Bugrova. Minglab kilometrlar davomida – zaharli ximikatlar aralashgan sho‘r qum qatlami, tikanlar va tashlab yuborilgan kemalarning zanglagan asoslari. Hozirgi kunda Orol dengizi shunday ko‘rinishda. 1995-yil 3-martda haloq bo‘lgan suv omborini qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etildi.

Orol: dahshatli fojia va maftunkor go‘zallik – qiziqarli suratlar

Hatto 60-yil oldin ham, Orol dengiz-ko‘li sayyoradagi to‘rtinchi yirik hisoblangan: chuqurligi 68 m, suv yuzasi maydoni 68 ming kvadrat km. Keyin uning havzasida jadal xo‘jalik faoliyat boshlandi. O‘zbekiston va Qozog‘istonning qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun suv Orolni boqadigan Amudaryo va Sirdaryoni darolaridan deyarli tortib olingan. Dengiz avvalgi qirg‘oq chizig‘idan 80 va hatto 100 km uzoqlashib ko‘z o‘ngida quriy boshladi.

Zaharli bo‘ronlar

Hozircha Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi juda ham ko‘p ish qilmadi: suv omborining shimoliy qismida, Qozog‘iston tomondan to‘g‘on qurildi. Ko‘lning bir qismi hayotga qaytdi va hatto baliq ham qaytib keldi. Biroq, uning asosiy hududi bo‘ylab chang bo‘ronlar o‘tmoqda va ularning 500 km atrofida tarqatayotganini hech xavfsiz deb bo‘lmaydi.

Orol dengizining qurigan joyida o‘rmon qad roslamoqda

O‘nlab yillar davomida pestitsidlar bilan shafqatsiz qayta ishlangan dalalardan kelgan suv oqimlari daryo suvlari bilan Orol dengiziga kelib tushgan. Bu zaharlar hanuz kuchini yo‘qotmagan. Bundan ham yomoni - "Aralsk-7" sovet maxfiy laboratoriyasining faoliyati izlari. Sovuq urush davrida u dengizda - Uyg‘onish orolida joylashgan edi. Aslida, bu bakteriologik qurollar uchun sinov maydoni edi. Sibir kuydirgisi va vabo, tif va ospa, brutselloz va  hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklarining yuqtiruvchilari keltirilgan laboratoriya hayvonlarida import laboratoriya hayvonlarida sinovdan o‘tkazildi.

Suv keta boshlagach, qabrlar ochila boshladi. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, ancha vaqt oldin materik bilan bitta toksik cho‘lga birlashgan orolda hamma narsa toza. Ammo hayotiyligini saqlab qolgan kamida bitta patogen qolmaganiga kim kafolat bera oladi?

Dengiz suv so‘raydi

Orol qurib qoladigan yagona ko‘lmak emas. "Dunyoda arid, ya’ni qurg‘oqchil hududlardagi ko‘llar maydonini qisqarishining umumiy tendentsiyasi mavjud", - deydi Okeanologiya instituti tadqiqotchisi Aleksandr Ijiskiy.

Orol dengizi, aerodrom va himoya o‘rmonzorlari: hukumat qarori tayyorlandi

"Xuddi shunday jarayonlar butun Markaziy Osiyoda, shuningdek, Xitoyda ham kuzatilmoqda. Kaliforniyada Salton ko‘li, Afrikada Chad ko‘llari kurimoqda, Eronning Urmiya ko‘li sezilarli darajada quridi, O‘lik dengiz sathi o‘zgarib bormoqda. Aholining ko‘payishi bilan iste’mol ehtiyojlari oshmoqda,arid xududlar esa insonning suv muvozanati rejimiga kirishiga juda sezgir. Agar ularga kirishi kerak bo‘lgan suv yetib kelmasa, ular tez va keskin o‘zgaradilar. "

Orol dengizi 20-asrning o‘rtalaridagi kabi qirg‘oqlariga qaytadimi yoki yo‘q, hech kim bilmaydi. Aleksandr Ijiskiy ta’kidlaganidek, mintaqada suvdan foydalanish rejimini o‘zgartirish bo‘yicha jiddiy rejalar yo‘q. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tadqiqotlar ozroq umid bermoqda. O‘rtacha yillik haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryo darolarini to‘ldiradigan tog‘ muzliklari erib bormoqda. Agar ko‘proq qor eriy boshlasa, ushbu darolarning quriyotgan dengizga oqimi oshadi. Global isish Orol dengiziga yordam beradi degan umid bor.