Yuqori daromad keltiradigan kasblar ma’lum qilindi

O‘zbekistonda yaxshi daromad keltiradigan kasblar - Oliy menejment" va "Axborot texnologiyalari, internet, telekom".
Sputnik

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. O‘zbekistonda fevral oyida eng ko‘p haq to‘lanadigan kasb sohalari an’anaviy tarzda "Oliy menejment" va "Axborot texnologiyalari, internet, telekom" ekanligi ma’lum bo‘ldi. HeadHunter xabariga asosan.

O‘zbekistonda 5,5 mln so‘mdan ko‘p maosh oluvchilar soni o‘sdi

Eng ommabop maosh – 2 599 900 so‘mdan boshlanadi.

Tahlillarga ko‘ra, avtobiznesda eng yuqori ish haqi 5 981 361, ma’muriy xodimlar 5 981 361, banklar 10 420 049, xavfsizlik 9 470 548, buxgalteriya hisobi 9 968 983, yuqori boshqaruv 18 896 000, davlat xizmati 7 578 292, xom ashyo ishlab chiqarish - 9 968 983, uy ishchilari - 4 949 000, san’at va mass-media - 8 430 834, tibbiyot - 9 472 810, reklama - 7 975 810, fan va ta’lim - 9 968 983, qurilish va ko‘chmas mulk - 9 472 810 .

Eng kam haq to‘lanadigan kasblar - turizm, mehmonxonalar, restoran – eng ko‘pi 5 981 361 va eng kam 89 789 so‘m. Bundan tashqari, ishchilar xodimlar eng o‘pi 4 949 000, va boshlang‘ich 996 870 so‘m tashkil qilmoqda.