“Ikra zavod”: Qozog‘istonda 150 kiloli bakrabaliq ovlandi - foto

Qozog‘istonning Ural-Atirau baliq zavodining baliqchilari uzunligi ikki metrdan oshadigan bakrabaliqni ovlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 mar – Sputnik. Ural-Atirau baliq zavodi brigada ishchilari Jayik darosida (Nijnyaya Peshnoyskaya) og‘irligi 148 kilo, uzunligi 2,2 metr bo‘lgan bakrabaliqni ovlashdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

“Ikra zavod”: Qozog‘istonda 150 kiloli bakrabaliq ovlandi - foto

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘lchamdagi bakrabaliqlar kamdan-kam uchraydi. Urg‘ochi baliqning ushlanishi esa katta muvaffaqiyat deb hisoblanadi.

“Ikra zavod”: Qozog‘istonda 150 kiloli bakrabaliq ovlandi - foto

“Zavod mutaxassislari baliqni to‘liq o‘rganib chiqishdi. Undan nasl ko‘paytirishda foydalaniladi”, - deb ta’kiladi O‘rmon va yovvoyi tabiat qo‘mitasining matbuot kotibi Saken Dildaxmet.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ural-Atiraudagi osotr baliqlari va Atirau osotr baliqlar zavodi ishchilari Jayik darosidagi osotr baliqlarini ko‘paytirish maqsadida yetti million dona yosh baliq yetishtiriladi.

Osotr baliqlari yo‘qolib ketish arafasida turganligi tufayli Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobiga kiritilgan.