TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Epidemiya o‘chog‘i Uxanda yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlar sonining kamayishi sababli vaqtincha ixtisoslashgan kasalxonalardan biri yopildi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy OAVlariga tayangan holda xabar qildi.
Xabar qilinishicha, 1-mart kuni tuzalib ketgan 34 bemorga Szaokou tumanidagi vaqtinchalik kasalxonadan javob berilgan, qolgan 74 kishi boshqa tibbiy muassasalarga o‘tkazilgan.
So‘nggi bemorlar chiqarilganidan so‘ng shifoxona dam olish rejimiga o‘tdi va endi bemorlarni qabul qilmaydi.
So‘nggi paytlarda butun Xitoyda va Xubey provinsiyasining o‘zida epidemiologik vaziyat bir muncha yaxshilandi.
So‘nggi 24 soat ichida Uxanda 193 ta yangi yuqtirish va 32 ta o‘lim holatlari qayd etildi. Shu bilan birga sutka davomida kasalxonalardan 1958 kishiga javob berildi. Umuman, Uxandagi epidemiya boshlangandan beri 49 315 yuqtirish holati qayd etilgan, ulardan 21 185 kishi davolangan. Hozirgi kunda kasalxonalarda 25 903 kishi qolmoqda, shundan 6 872 nafari og‘ir ahvolda. Hammasi bo‘lib shaharda yangi virusdan 2227 kishi vafot etdi.