Tokayev Kordaydagi mojaroning asl sababini aytdi

Qozog‘iston janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda 11 kishi qurbon bo‘lgan edi. 40 dan ziyod kishi qo‘lga olingan.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Korday tumanidagi ommaviy tartibsizliklarga ikki jinoiy guruh o‘rtasidagi noqonuniy daromad manbai ustidan nazorat uchun kurash sabab bo‘lgan. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev  tumanning Qorakamar qishlog‘i aholisi bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Kordaydagi vaziyat meni juda bezovta qilmoqda – Nazarboyev

“Ma’lumki, tumanda kontrabanda bilan faol shug‘ullanuvchi odamlar bor. Bu biznesda ishtirok etishni boshqa bir guruh ham istab qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, noqonuniy daromad manbai ustidan nazorat qilishda ikkita jinoiy guruh o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Buning oqibatida ko‘plab insonlar zarar ko‘rdi, 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ochiq gapirish kerak”, - dedi Tokayev. Oqo‘rda matbuot xizmati uning so‘zlarini keltirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, huquq-tartibot organlari oldida qonunga barcha jinoyatchilarni millatidan qat’i nazar jazolash turibdi. Tokayev busiz mamlakatda tartib o‘rnatib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 7-fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv yuz bergan edi. Tartibsizlikda qariyib 400 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Buning oqibatida 30 tadan ortiq uy, 15 ta do‘kon yonib, vayron bo‘ldi. Shuningdek, 23 dona avtomashinaga zarar yetkazildi.  Hozirda 40 dan ziyod kishini qo‘lga olingan va Qozog‘iston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.