Abdulaziz Kamilov Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston va Xitoy ko‘p qirrali strategik sheriklikni kengaytirishga,  “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida infratuzilma loyihalarini rivojlantirishga tayyor.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi Kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston - Xitoy strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida infratuzilma, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga ikkala tomon ham tayyor ekani ta’kidlandi.  

Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda transport-kommunikatsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Undan tashqari O‘zbekiston-Xitoy Mintaqalar forumini o‘tkazish hamda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. 

O‘zaro hurmat va ishonch ruhida o‘tgan muzokaralarda Xitoy Elchi Jiang Yan ishtirok etdi.