Qoraqalpog‘istonda xotinini yonini olgan erkak qo‘shnisini ketmon bilan urdi

Beruniy tumanida kelin va qaynona qo‘shni ayol bilan o‘zaro janjallashgan. Janjal vaqtida ayolning eri 28 yoshli G.B.ning boshiga ketmon bilan urgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda xotinini yonini olgan erkak qo‘shnisini ketmon bilan urib, jarohat yetkazdi.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 25-fevral kuni Beruniy tumanidagi “Tinchlik” ovulida sodir bo‘lgan.  28 yoshli G.B. va uning qaynonasi 56 yoshli G.Sh. qo‘shnisi 36 yoshli X.D. bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Janjal vaqtida X.D.ning eri I.S. xotinini yonini olish maqsadida qo‘shnisi G.B.ning bosh qismiga ketmon bilan urib unga tan jarohati yetkazgan.

Qoraqalpog‘istonda xotinini yonini olgan erkak qo‘shnisini ketmon bilan urdi

Natijada G.B. shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.