Uzbekistan Airways Tokio va Rimga ham parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

Ta’kidlanishicha, ushbu chora Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘rilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yilning 1-martidan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston havo yo‘llari Janubiy Koreyaga parvozlarni to‘xtatmoqda

Ta’kidlanishicha, ushbu chora Yaponiya va Italiyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘rilgan.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarida yuqori xavfsizlik choralari joriy etilgani, shu jumladan, O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslar sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlaridan o‘tkazilayotganligini eslatgan.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya  27 fevraldan boshlab Jidda va Madinaga, 1-martdan esa Janubiy Koreyaga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.