Istanbulda Sputnik Turkiya bosh muharriri qo‘lga olindi

Sputnik Turkiya nashri xabariga ko‘ra, Mahir Boztepe Istanbul xavfsizlik bosh boshqarmasiga olib ketilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Istanbulda Sputnik Turkiya nashri bosh muharriri Mahir Boztepe qo‘lga olindi.

Sputnik Turkiya xabariga ko‘ra, Mahir Boztepe Istanbul xavfsizlik bosh boshqarmasiga olib ketilmoqda.

“Politsiya bizning Istanbuldagi ofisimizga keldi. Yana bir xodim qo‘lga olindi. Yana uch xodimimiz kechadan buyon Anqaradagi politsiyada, kuni kecha kechqurun ularning xonadonlariga millatchilar bostirib kirgan edi. Turkiya, bu nimasi?”, - deya yozgan Twitter᾽da “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan.

​Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqarada Sputnik Turkiyaning uch nafar xodimining uyiga noma’lum shaxslar bostirib kirishga uringani xabar qilingan edi. Ular politsiyaga shikoyat arizasini yozgandan so‘ng aloqaga chiqmay qo‘ygan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Turkiya hukumatidan vaziyatga aralashishni va bo‘lib o‘tgan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirishda ko‘maklashishga chaqirgan edi.