OAV: Tramp dunyo yetakchilari bilan qurol ustidan nazorat masalasini muhokama qilmoqchi

Bitim muddati 2021-yilning fevralida tugaydi. Sal oldin Tramp Rossiya, Xitoy va AQSh o‘rtasida yangi uchtomonlama yadroviy kelishuvni ishlab chiqish istagi haqida gapirgan edi
Sputnik

TOShKENT, 29 fev - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp qurol-aslaha ustidan nazorat masalasini muhokama qilish uchun Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilari Vladimir Putin, Si Szinpin, Boris Djonson va Emmanuel Makron bilan uchrashadi. Bu haqda Reyter Oq uydagi manbasiga tayanib xabar bergan.

Lavrov va Tramp nimalarni muhokama qildi: uchrashuv yakuni

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar yetakchilari uchrashuvidan Rossiya va Xitoy bilan bo‘lgan uch tomonlama qurol-aslaha masalasi ustidan taraqqiyotga erishishni ko‘zlamoqda.

"Qo‘shma Shtatlar ushbu imkoniyatdan, Rossiya va Xitoyni qurol-aslaha ustidan xalqaro meyorlarga kiritish va o‘ta qimmatga tushadigan qurollanish poygasining oldini olishda foydalanmoqda", - dedi agentlik bilan suhbatda AQSh prezidenti ma’muriyatidagi yuqori martabali amaldor.

Besh davlat rahbarlari ehtimoliy uchrashuvi sanasi hozircha noma’lum.

Sal oldin Vladimir Putin, xolokost xotirasiga bag‘ishlangan Butunjahon forumida qilgan chiqishida BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan davlatlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan va "Moskva ishni cho‘zib o‘tirmasdan tegishli murojaatni "beshlik" yetakchilariga yo‘llash" niyatida ekanligini aytgan edi.

Rossiya AQShga “Sarmat” raketa tizimini ko‘rsatishga tayyor - Lavrov

Sal o‘tib, Rossiya TIV BMT XK doimiy a’zolari "beshligi" sammiti sentabr oyida Bosh Assambleya sammitida Nyu-Yorkda o‘tkazilishi mumkinligi, biroq hozircha bu borada kelishuv mavjud emasligi haqida xabar bergan edi. 

Fevral oyida AQShdagi Rossiya elchisi Anatoliy Antonov amerika tomoni Putin taklifini ko‘rib chiqayotgani haqida bayonot bergan edi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya o‘rtasida 2010-yil imzolangan SNV-3 (SXQ Strategik hujum qurollari - tahr.) shartnomasi ikki mamlakat o‘rtasida qurol-aslahalarni cheklash bo‘yicha amaldagi yagona bitim hisoblanadi.

Bitim muddati 2021-yilning fevralida tugaydi. Sal oldin Tramp Rossiya, Xitoy va AQSh o‘rtasida yangi uchtomonlama yadroviy kelishuvni ishlab chiqish istagi haqida gapirgan edi.