Erdog‘an Putinga Turkiyani Suriya bilan "yakkama-yakka" qoldirishni taklif etdi

"Biz 2100 nafar suriya harbiylarini, 300 dona harbiy transportni, yettita kimoviy omborxonani yo‘q qildik. Va ularni yo‘q qilishda davom etamiz", - degan Turkiya prezidenti.
Sputnik

TOShKENT, 29 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan turk qo‘shinlari va suriya hukumati armiyasi o‘rtasidagi qarama-qarshilikka aralashmaslikni so‘radi.

Suriyaning Idlib viloyatida Rossiya vertoleti urib tushirildi

"Suriya masalasi - bu hech qachon avantura yoki chegaralarni kengaytirishga intilish emas. Biz u yerga Asadning taklifiga binoan emas, balki Suriya xalqi taklifiga asosan kirganmiz. Va shu xalq bizga chiqib ketishni taklif etmas ekan, biz u yerdan ketmaymiz. Men Putinga: "Bizni Asad rejimi bilan yakkama-yakka qoldiring, lozim bo‘lgan ishni bajaramiz", deya taklif etdim", - degan Erdog‘an Istanbulda chiqishi vaqtida.

Erdog‘an, shuningdek, Idlibda Suriya armiyasi tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lgan turk harbiylari soni 36 nafargacha oshganini xabar qilgan.

"Biz 2100 nafar suriya harbiylarini, 300 dona harbiy transportni, yettita kimoviy omborxonani yo‘q qildik. Va ularni yo‘q qilishda davom etamiz", - deb qo‘shimcha qilgan Turkiya prezidenti.

Idlibdagi vaziyat 27-fevraldan keyin, "Xayat Tahrir ash-Shosh" terrorchilari suriya armiyasi pozitsiyalariga yirik ko‘lamli bosqinni amalga oshirganidan so‘ng keskin tus olgan edi. Hukumat qo‘shinlari tomonidan javob zarbasi berilgan. Rossiya Mudofaa qo‘mitasi axborotiga ko‘ra, zarbaga jangarilar bilan birga u yerda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan turk qo‘shinlari ham duch kelganlar.