Qozog‘istonda Navro‘z bayramini qatorasiga 9 kun nishonlash taklif qilindi

Axborot va jamoatchilikni rivojlantirish vazirligi mamlakatda Navro‘zni nishonlash bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Qozog‘istonda 14-martdan 22-martgacha Navro‘z bayramini nishonlash taklif qilindi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Qozog‘iston va O‘zbekiston 500 million dollarlik shartnomalar imzoladi

Axborot va jamoatchilikni rivojlantirish vazirligi mamlakatda Navro‘zni nishonlash bo‘yicha yangi konsepsiyani ishlab chiqildi. Ta’kidlanishicha, 9 kunning 6 kuni bayramga tayyorgarlik ko‘rish kunlari bo‘ladi, har bir kunga alohida mavzu biriktirilishi mumkin.

Yangi konsepsiya “Navro‘zda xayrli ishlar” deb nomlandi:

• 14-mart – qarindoshlar va do‘stlar bilan uchrashuv kuni;

• 15-mart – xotira kuni;

• 16-mart – tabiatga ehtiyotkorlik munosabat kuni;

• 17-mart – ko‘ngillilarni jalb qilgan holda xayrli ishlar kuni;

• 18-mart – sport va hunarmandchilik kuni;

• 19-mart – donolik va bilimlar kuni;

• 20-mart – oilaviy an’analar va yaxshi odatlar kuni;

• 21-mart Navro‘z – milliy taomlar kuni;

• 22-mart Navro‘z–  Yangilanish va yangi hayotning boshlanishi bayrami.