Eron masjidlarida juma namozi bekor qilindi

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Tehron va Eronning boshqa shaharlardagi masjidlarida juma namozi bekor qilindi, Saudiya Arabistoni ziyoratchilar kirishini chekladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Yaqin Sharq mamlakatlarida koronavirusni tarqatmaslik bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda, deb xabar qildi "Interfaks" nashri.

Eron vitse-prezidenti koronavirusga chalingani aniqlandi

Koronavirus epidemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Tehron va Eronning boshqa shaharlardagi masjidlarida juma namozlari bekor qilindi.

Eronda koronavirusni yuqtirish 254 ta holati aniqlandi, 26 kishi virusdan vafot qildi. Kuni kecha Eron ayollar va oila ishlari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, 27-fevral kuni Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi “koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan davlatlardan" ziyoratchilar kirishini ta’qiqladi.

Koronavirus - so‘nggi ma’lumotlar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda pnevmoniyaga chalinganlar soni 78 ming kishidan oshdi. 2778 kishi vafot qildi. 36 ming kishi sog‘ayib ketdi.

O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi. Epidemiya 36 ta mamlakatga tarqaldi.