O‘ktam Barnoyev nomzodi bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

Deputatlar bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Deputatlar bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga O‘ktam Barnoyev nomzodini ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 27-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisda deputatlar O‘zbekiston bosh vaziri tomonidan kiritilgan bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.

Mirziyoyev farmonlari bilan poytaxt va viloyatlar hokimlari lavozimlariga tayinlandi

Ushbu lavozimga Buxoro viloyati hokimi Barnoyev O‘ktam Isoyevichning nomzodi ko‘rsatilgan.

Majlisda Hukumat a’zoligiga nomzodi ko‘rsatilgan O‘ktam Barnoyev mazkur lavozimga kirishganidan so‘ng Hukumat bilan parlament o‘rtasidagi munosabatlar yanada faol va samarali bo‘lishiga umid bildirgan.

Qonunchilik palatasining O‘ktam Barnoyevni O‘zbekiston bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga ma’qullash haqidagi qarori qabul qilindi.