TOShKENT, 27 fev – Sputnik, Yelizaveta Isakova. Himoya niqoblarini sog‘lom kishilar emas, balki infeksiya tarqalishining oldini olish uchun bemor odamlar taqishi zarur, dedi bugun bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda kasalliklar bo‘linmasi rahbari Mariya Van Kerkxove.
"Biz bu yerda tibbiy, jarrohlik niqoblari haqida gapirayapmiz. JSST tavsiyalariga ko‘ra, niqoblarni kasallikni yuqtirgan bemorlar taqishlari kerak. Masalan, nafas olishda muammo paydo bo‘lgan bemorlar. Va buning sababi - virusning yana kimgadir yuqishining oldini olish", - dedi ayol.
JSST shuningdek, qo‘lni yaxshilab yuvish va o‘z tanasining boshqa qismlariga teginmaslikni tavsiya etgan.
Xitoyning orol qismida koronavirusga chalinganlar soni 78 ming kishidan oshib ketdi, ulardan 2744 vafot etgan, 32 mingdan ortig‘i tuzalgan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning 33 mamlakatida 80 mingdan ortii COVID-19ga chalinish holatlari qayd etilgan.