Rossiyada fojiali tarzda vafot etganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Ushbu fuqarolar Rossiyaning Krasnodar va Volgograd shaharlarida fojiali halok bo‘lgan o‘zbekistonliklardir.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini vatanga qaytarish bilan bog‘liq huquqiy-tashkiliy masalalar o‘z nihoyasiga yetdi Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar qildi. 

Xorijda vafot etgan fuqarolarni vatanga olib kelish qay tartibda amalga oshiriladi

Ta’kidlanishicha, marhumlarning jasadlari Krasnodar – Tashkent reysi orqali O‘zbekistonga olib kelingan.

Ulardan biri Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahridagi qurilish obyektlaridan birida balandlikdan yiqilib halok bo‘lgan. Qolganlari Volgogradning Ilovlya tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekiston fuqarolaridir. 

Krasnodar shahrida vafot etgan fuqaroning ixtiyoriy tibbiy sug‘urtasi mavjud bo‘lib, hujjatda jasadni vatanga qaytarish xatari ham sug‘urtalangan bo‘lgan.

Shu bois marhum jasadini O‘zbekistonga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar sug‘urta kompaniyasi tomonidan qoplab berilgan.