“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Xitoylik arxitektor Sun Dayong koronavirus infeksiyasidan himoya qiladigan kostumning dizaynini ishlab chiqdi. Arxitektor o‘z ishlanmasini bepul taqdim etishga tayyor.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Xitoylik arxitektor Sun Dayong koronavirus infeksiyasidan himoya qiladigan kostum dizaynini ishlab chiqdi, bu haqda Deezen nashri xabar qildi.

Kostumga "Be a Bat Man" degan nom berildi. Bu bejiz emas: bir tomondan, dizayner inson qobiliyati chegaralarini kengaytiradigan super qahramon - Betman obraziga murojaat qilgan. Boshqa tomondan esa, ko‘rshapalak epidepiya kelib chiqishining sabablaridan biri deb taxmin qilingan.

“Ko‘rshapalak odam”: koronavirusdan himoya kiyimi dizayni tayyorlandi - foto

Himoya kiyimining asosiy konsepsiyasi: ikkita karbon qanot yuk xalta (rukzak)ga uxshab kiyiladi va ular orasidan plonka tortiladi (ko‘rshapalak qanotiga o‘xshaydi).

Qurilma kapsulasi qizishi va ultrabinafsha nurlanishni keltirib chiqarib, atrofdagi mikroblarini o‘ldirishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.

Hozircha bu faqat konsepsiya. Muallif g‘oyani amalga oshirish uchun investorlarni qidirmoqda.

Koronavirus bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, pnevmoniyaga chalinganlar soni 80 ming kishidan oshdi. O‘lganlar soni 2770. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Janubiy Koreya, Eron va Italiya egalladi.

Epidemiya 29 ta mamlakatga tarqaldi.

JSST epidemiyani favqulodda holat deb tan oldi. Kasallikka Sovid-2019 rasmiy nom berildi.