OPEK fondi Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga kredit ajratdi

OPEK O‘zbekistonga 54 million dollar imtiyozli kredit taqdim etdi. Namangan viloyatining 200 mingga yaqin aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) O‘zbekistonga 54 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit taqdim etdi. Mablag‘lar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanining 22 ta aholi punktida va Namangan shahrida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasini yo‘naltiriladi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, fond bilan bitimni imzolash marosimi 25-fevral kuni Vena shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu loyiha doirasida xalqaro sifat standartlariga javob beradigan suv ta’minoti infratuzilmasi yaratiladi, buning natijasida Namangan viloyatining 200 mingga yaqin aholisi toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimi tubdan isloh qilinadi

1975-yilda tashkil etilgan, qarorgohi Vena shahrida joylashgan OPEK Jamg‘armasi rivojlanayotgan mamlakatlarga ijtimoiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatadigan moliyaviy rivojlanish bo‘yicha hukumatlararo institutdir.

1999-yildan beri ushbu tuzilma O‘zbekistonda davlat sektorida umumiy qiymati qariyb 80 million dollarga teng bo‘lgan 7 ta loyihani amalga oshirdi, shundan 47,2 million dollari ichimlik suvi va sanitariya sohasidagi loyihalarni imtiyozli kreditlash uchun, 12,73 million dollari qishloq xo‘jaligiga, 5 million dollardan transport va ta’limni rivojlantirishga ajratildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida angi hukumat oldidagi muhim vazifa haqida to‘xtalib o‘tgan edi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashni muhim vazifalardan biri sifatida belgilab bergan edi.