Koronavirus qo‘rquvi yevropaliklarning hayotini o‘zgartirmoqda

Italiyaning shimolida "Covid-19" avj olishi Yevropadagi eng yirik xitoyliklar diasporasi joylashgan Fransiyada xavotirning yangi to‘lqinini qo‘zg‘atdi.
Sputnik

Daniil Nizamutdinov. Italiyaning shimolida "Covid-19" avj olishi Yevropadagi eng yirik xitoyliklar diasporasi joylashgan Fransiyada xavotirning yangi to‘lqinini qo‘zg‘atdi. Hukumat epidemiyaga tayyorlanmoqda, muxolifat rasmiylarning qobiliyatsizligidan baqirmoqda va chegaralarda nazoratni qayta tiklashni talab qilmoqda, biznes yo‘qotishlarni hisoblamoqda, tomoshabinlar esa Xitoy do‘konlaridan qochib, tibbiy niqoblarni sotib olishmoqda. Vandalizm harakatlari endi anti-Osiyo isteriyasining namoyon bo‘lishining eng xavfligi emas.

Koronavirus Markaziy Osiyoda tarqalishi mumkinmi? Ekspert javobi

Jamoaviy qo‘rquv

Fransiyadagi xitoy diasporasi soni, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 700 ming kishidan oshadi. Gap asosan uzoq vaqt oldin ko‘chib kelganlar, bu yerda tug‘ilgan farzandlari va nevaralari haqida. Parijda bir nechta "chayna-taun" bor. Eng eskisi shahar markazidagi Arz-e-Metye va Tampl dahalarida (3-chi okrug), eng kattalari 13-okrugda (janubda) va Belvilda (sharqda, 20-okrug) joylashgan.

Bu hududlarda nafaqat xitoyliklar, balki Osiyoning boshqa mamlakatlaridan kelgan muhojirlar ham istiqomat qilishadi. Shuning uchun, agar siz to‘satdan Fransuz oshxonasidan charchagan bo‘lsangiz – siz dimsam, qovurilgan lag‘mon, shirin va nordon sousdagi cho‘chqa go‘shti, Vyetnam fo-bosi yoki Tailand tom-yamini xohlasangiz – aynan shu yerga borin. Hammasi yaxshi bo‘lar edi, ammo koronavirus epidemiyasi tufayli psixoz va isteriya Fransiyaga ham yetib bordi va Osiyo biznesiga og‘ir zarba berib, nafaqat talabning pasayishini, balki irqchilikni ham keltirib chiqardi.

"Biz juda ko‘p mijozlarimizni yo‘qotdik. Ehtimol, yarmini yoki undan ham ko‘proq. Odatda tushlikda odam sig‘may ketadi, odamlar tanaffus paytida kirishar edi, garchi biz juda tez xizmat ko‘rsatsak ham. Endi ko‘rapsizmi - bo‘sh joylar. Kechqurun esa bundan ham battar",-  deydi Arz-e-Metye dahasidagi Xitoy taomlari oshhonasi xodimi. Yaqin atrofdagi ommabop "foshnitsa" (Vyetnam lapshasi oshxonasi-tahr.) biznesi ham avvalgidek shiddatli emas. "Bizda hamisha fransuzlar, xitoylar va koreyslar bo‘lgan, nafaqat mahalliy aholi - turistlar ham juda ko‘p. Endi odamlar huddi kamayib ketganday, ular do‘konni chetlab o‘tishmoqda. Garchi biz bu yerda ko‘p yillardan beri yashab, ishlayotgan bo‘lsak ham, biz hech qayerga bormaymiz", - deydi muassasa egalaridan biri.

Koronavirus tufayli afg‘on-tojik chegarasida nazorat kuchaytirildi

Psixozning yana bir alomati bu tibbiy niqoblarning yetishmasligi. Qo‘shni  dorixonaga kirganimizda, ularning sotilmayotganligini bildik - ular hammasi sotib olinib bo‘lgan. Farmatsevtning so‘zlariga ko‘ra, tanqislik anchadan beri sezilyapti. "Biz yangilariga buyurtma berapmiz, olib kelyapmiz, ularni shu zahoti sotib olishapti", - deydi sotuvchi va ularni asosan osiyoliklar sotib olishayotganini qo‘shib ketmoqda. Yanayam ajablanisi, xitoyliklarga taalluqli barcha narsaga nisbatan bema’ni qo‘rquv barcha sinofobiya avjlariga olib kelmoqda. Jamoat transportida ba’zida osiyoliklardan qasddan uzoqlashgan yoki yuzini sharf bilan yopgan odamni ko‘rish mumkin. Bezoriliklar ham sodir bo‘lib turadi. Masalan, Parij yaqinidagi shaharchalardan birida, noma’lum vandallar xitoyliklarga tegishli do‘konning eshiklarini "Koronavirus, daf bo‘l!" degan yozuvlar bilan yozib tashladilar.

Aksil-Osiyo qarshi isteriyaga qarshi kampaniyani boshlagan SOS Racisme uyushmasining ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘pchilik ijtimoiy tarmoqlar va maktablarda masxara, haqorat va hatto tahdidlardan shikoyat qilishmoqda.

Biznes yo‘qotishlari

Parijning 20-okrugi meriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda Belvildagi xitoy restoranlari va do‘konlarining daromadi o‘rtacha 30-50 foizga kamaydi, holbuki odatda Xitoy Yangi yilida ular normadan ikki-uch baravar ko‘p pul topishga muvaffaq bo‘lishadi.

Fransiya tomonida ham hammasi yaxshi kechmayapti. Fransiya Iqtisodiyot va moliya vaziri Bruno Le Merning so‘zlariga ko‘ra, chet ellik sayyohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lgan mamlakat, turistik oqimning 30-40 foizini yo‘qotgan (ehtimol bu nafaqat virus tufayli, balki ish tashlashlar tufayli ham). Xitoydan tashrif buyuruvchilarning ulushi bor-yo‘g‘i 2,4% ni tashkil etadi (2018 yil uchun rasmiy ma’lumotlar), ammo ular hashamatli brendlarni sotib olish uchun ko‘p pul (turizm sohasi daromadlarining qariyb yetti foizi) sarflashadi.

Luzanin: AQSh koronavirus epidemiyasidan Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanmoqda

Boshqa sohalar ham jabr ko‘rmoqda: avtomobilsozlik, elektronika, XHR bilan savdo qiladigan kompaniyalar va ishlab chiqarish sikllari Xitoy ta’minotiga bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar. Masalan, jahon miqyosidagi premium brendlarni (Gucci, Yves Saint Laurent, Balenciaga, Boucheron) o‘z ichiga olgan Kering guruhi, bayram paytida Xitoyda ko‘plab do‘konlar yopilganligi sababli, savdo-sotiqda jiddiy pasayishni boshdan kechirdi. Uz navbatida, Yevropaning Air France-KLM xolding aviakompaniyasi Xitoyga reyslarning bekor qilinishi sababli uning yo‘qotishlari 200 million yevroni tashkil qilishi mumkinligini aytdi.

Umuman olganda, Fransiyada koronavirus tufayli iqtisodiy o‘sish prognozi bir foizga pasayishi kutilmoqda (va bu so‘nggi olti yil ichida eng yomon ko‘rsatkich).

Tahdidga qarshi turish

Seshanba kuni Fransiyada koronavirusga chalinishning yana  ikkita yangi holati aniqlandi. Gap Xitoydan Parijga qaytgan yosh ayol (u "Covid-19"ga sinovning salbiy natijasiga ega, ammo shifokorlar "davolanish belgilari"ni topishdi) va shimoliy Italiyada yuqtirgan mamlakat g‘arbilik bo‘lgan erkak haqida. Yana bir necha kishi virusga shubha bilan shifoxonalarda. Monakoda kasalxonaga ikkita ayol yotqizilgan, bittadan - Tur, Orlean va Ayachchoda. Ular orasida, shuningdek, yaqinda Italiyadan qaytganlar ham bor. Avvalroq, Fransiyada 12 ta infeksiyaga chalinganlar holati tasdiqlangan; bir kishi halok bo‘ldi, qolganlarni davolashga muvaffaq bo‘lishdi.

Fransiya shaharlaridagi vokzal va aeroportlarda ehtiyot choralari to‘g‘risida ogohlantirishlar yangramoqda, virusning alomatlari (isitma va yo‘tal) aniqlansa, darhol 15 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shifokorlarni darhol xabardor qilish tavsiya etiladi. OAV xabarlariga ko‘ra, masalan, seshanba kunidan boshlab Parij - Milan tezurar TGV poyezdlarining konduktorlari mamlakatni tark etmayaptilar.

Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

"Biz xavotirdamiz, chunki epidemiya eshigimiz ostonasida, chunki Italiyaning shimolida ma’lum miqdorda kasallanishlar (yuqumli kasal bilan - tahr.) qayd etildi", - dedi seshanba kuni sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veran. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat sog‘liqni saqlash tizimini epidemiyaga tayyorlamoqda va mexanizmlarni turli ssenariylarga moslashtirish bo‘yicha turli strategiyalar ustida ishlamoqda. Xususan, gap virus bilan kasallangan odamlarni qabul qila oladigan kasalxonalar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha xodimlarni tayyorlash va tibbiy vositalarni, jumladan, shifokorlar va yuqtirganlar uchun niqoblar va diagnostika sinovlarini sotib olish to‘g‘risida ketmoqda (sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Anyes Buzenning so‘zlariga ko‘ra, ular o‘nlab millionlab sotib olingan).

Italiyada virus tarqalgandan so‘ng, rasmiylar oldidagi savol uning Fransiyaga yetib borishida emas, balki bu qachon sodir bo‘lishida.

"Ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish? Pff!"

Hafta boshida Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi Italiyaning shimolidan, Singapurdan, Janubiy Koreyadan qaytayotganlarga yangi tavsiyalarni tarqatdi. Xususan, katta yoshlilarga uylaridan kamroq chiqishni, jamoat tadbirlarida qatnashmaslik, kinoteatr va restoranlarga bormaslik, iloji bo‘lsa uyda ishlashga kelishib olish va kuniga ikki marta haroratni o‘lchash tavsiya etiladi.

Bolalarni maktablarga va bolalar bog‘chalariga yubormaslik yaxshiroq (aksariyati hozir ta’tilda). Va buning sababi aniq. "Bolani do‘stlari bilan aloqa qilmaslik, niqob kiyish va qo‘llarini muntazam yuvishga majburlash juda qiyin", deydi Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligining ikkinchi mutasaddisi Jerom Salomon.

Qirg‘iziston fuqarosi Yaponiyadagi kemada koronavirus yuqtirib oldi – OAV

Aslida, uning nasihati kattalarga ham tegishli. Fransuzlar gigiyenaga, ayniqsa ovqatlanish sohasiga munosabati boshqacha. Ko‘chadan kelib ovqatlanishdan oldin qo‘llarini yuvadigan odamni uchratishingiz qiyin. Ko‘pchilik, xom go‘shtdan, tartardan jirkanmaydi, ustritsalarni yoqtiradi. Va sizning restoran stolizdagi savatda turgan bagetni nonvoy ochiq qo‘llari bilan ushlagan bo‘lishi, yetkazib beruvchi qo‘ltig‘ida tashigan va naqd pul qaytimlarini ushlagan ofitsiant kesgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, non boshqa stollarda ham yeb tugatilmaganili sababli yotgan bo‘lishi mumkin: qolganlari savatga solinib - sizning buyurtmangiz sifatida keltirilgan bo‘lishi ham mumkin. Darvoqe, sizga uzatilgan stakanlar ham, ehtimol, faqat shoshilib palapartish yuvilgan.

Har yili gastroyenterit epidemiyasi to‘lqini butun mamlakat bo‘ylab tarqaladi, ammo fransuzlarning aksariyati bundan qoniqishadi, ko‘rinishidan: qusish, diareya, qirqqa yaqin harorat – odatiy hol bo‘lib qolganday!

Koronavirus saylovoldi kampaniya vositasi sifatida

Shu bilan birga, muxolifat hukumatni sust va yetarli choralar ko‘rmaganligi uchun keskin tanqid qilmoqda. "Milliy birlashish" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen rasmiylarning "to‘liq qobiliyatsizligi" haqida gapirdi va Italiya bilan chegaralarda nazorat o‘rnatishga chaqirdi.

"Bu shunchaki sog‘lom aql bilan belgilanadigan choralar ichida birinchisidir. Nahotki, chegaralarda nazoratni joriy qilganlarning hammasi nohaq va faqat Fransiya haq? Aksincha. Kasallik aniqlangan mamlakatga qarshi tajovuzga hojat yo‘q, lekin virus tarqalishini cheklash kerak –va bu butun dunyo manfaatlari uchun, shu jumladan epidemiya pandemiyaga aylanmasligi uchun", - deya tushuntirdi Le Pen, Parijdagi qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida.

Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

Fransiyaning Lion shahri atrofidagi shaharlar ma’murlari Turinning "Yuventus" muxlislarini (Italiya shimolidan) Fransiyaga UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yiniga qo‘ymaslikka chaqirishdi.

Fransiya va Italiya o‘rtasidagi chegara faqat xaritada mavjud: rasmiy ravishda - ha, qayerdadir jandarmlar va chegarachilar bor, ammo aksariyat hollarda nazorat yo‘q, chegarani hech qanday muammosiz kesib o‘tish mumkin. Bundan tashqari, Italiyaning shimoliy chegaradosh hududlarining ko‘plab aholisi har kuni Fransiyaga (aniqrog‘i Monakoga) ishlash uchun kelishadi. Fransiya Vazirlar Mahkamasi vakillari bir necha bor ta’kidlaganlarki, Italiya chegarasida nazoratni kiritish ma’nosiz (xususan, chunki kasallik belgilari darhol paydo bo‘lmaydi).

Koronavirusga qarshi kurash, shuningdek, Parij meri lavozimiga nomzodlar - amaldagi mer, sotsialist Ann Idalgo va Emmanuel Makronning "Olg‘a, Respublika" partiyasining vakili, fevral oyining o‘rtalariga qadar Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan Anyes Buzen o‘rtasida ro‘y bergan og‘zaki janjalga sabab bo‘ldi. Europe-1 radiostansiyasining efirida Buzen Parij shahar xizmatlari ehtimoliy epidemiyaga tayyor emasligi haqida fikr bildirdi. U, shuningdek, vazirlik kreslosini egallab turgan paytda, Idalgo bilan koronavirus tarqalishining oldini olish borasida xech qanday muloqot bo‘lmaganini ta’kidladi. O‘z navbatida, poytaxt meriyasida Buzen Idalgo bilan bo‘lib o‘tgan yozishmalarni chop etishib uni yolg‘onchilikda ayblashdi, xususan, unda vazir merga yuqori darajadagi safarbarlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Idalgoning so‘zlariga ko‘ra, u qiyin davrda sobiq vazirning "shu qadar mas’uliyatsiz" bayonotlaridan hayratda.