TOShKENT, 26 fev – Sputnik.NASA Antarktida joylashgan Igl orolida muzliklar erishi aks etgan suratlarni namoyish qildi.
Suratlar 4-13 fevral kunlari Landsat-8 sun’iy yo‘ldoshida o‘rnatilgan Operational Land Imager qurilmasi yordamida olindi.
Fevral oyi boshida Antarktida yarim orolining shimoliy qismida joylashgan “Esperanza” ilmiy-tadqiqot stansiyasida tarixiy rekord - harorat 18,3 darajadan yuqori bo‘lgan. Bungacha qit’adagi rekord 17,5 darajani tashkil qilgan - shu paytgacha bu darajaga 2015-yilda ko‘tarilgan edi.
6 dan 11-fevralgacha qor qoplami o‘n santimetr chuqurlikda eridi - bu yil davomida to‘plangan barcha qorlarning beshdan bir qismi.