JSST COVID-2019 pandemiyasi haqida ogohlantirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori dunyo hamjamiyati koronavirusning pandemiyasiga tayyorlanishi kerakligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus dunyo hamjamiyati koronavirusning pandemiyasiga tayyorlanishi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

“Ayni paytda “pandemiya” so‘zini ishlatish haqiqatga ziddir, biroq vaziyat qo‘rquv uyg‘otishi kerak. Bizning dunyomiz u yoki bu sodir bo‘ladigan binar yoki qora va oq emas. Biz uni ushlab qolishlikka e’tiborimizni qaratishimiz kerak va shu bilan birga ehtimoliy pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun barcha ishlarni qilishimiz lozim”, - deya JSST rahbarining so‘zlaridan tashkilot Twitter᾽ida iqtibos keltirildi.

Janubiy Koreyada diniy sekta a’zosi bo‘lgan ayol yuzlab kishilarga koronavirus yuqtirdi

Gebreyesusning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi kurashda universal yondashuv mavjud emas va har bir davlat o‘z xavf-xataridan kelib chiqqan holda baholashi kerak.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy ma’murlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus.

JSST epidemiyani xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom berdi - COVID-2019.

Xitoyda koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning tasdiqlangan holatlari soni 77 ming kishidan oshdi, ulardan 2592 kishi vafot etdi. Shuningdek, 24 mingdan ziyod kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.