Samarqand va Jizzaxda quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida quyosh elektr stansiyasi qurish rejalashtirilgan. Har bir stansiyaning quvvati qariyb 200 MVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi quriladi. Energetika vazirligi ularni qurish maqsadida investorlar o‘rtasida tanlov e’lon qildi.

Surxondaryoda quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tanlov loyihasi boshlandi

Mazkur stansiyalar bo‘yicha alohida ishlarni bajarish, moliyalashtirish, qurilish va ishga tushirish hamda egalik qilish (PV) borasida bitta yoki ikkita yoxud xususiy sektordan iborat mustaqil elektr energiya ishlab chiqaruvchilar (IPP) konsorsium tanlab olinishi rejalashtirilgan.  

Har bir stansiyaning quvvati qariyb 200 MVt bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinishi xabar qilingan edi.