Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak vafot etdi

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. U mamlakatni o‘ttiz yil boshqargan. 2011-yilda teskin namoyishlardan so‘ng hokimiyat tepasidan ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Mirs davlat televideniyesiga asosan xabar qildi.

Afsona endi yo‘q: Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov vafot etdi

el-Watan gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, siyosatchi uzoq vaqt davom etgan kasallikdan vafot etdi.

Yanvar yakunida sobiq prezident oshqozondan o‘sma olib tashlangan. Muborak intensiv terapiya bo‘limida davolanayotgani haqida xabar berilgandi.

Husni Muborak 1981-yildan 2011-yilgacha Misrni 30-yil boshqargan. 2011-yil fevral oyida, ommaviy namoyishlarning asosiy talablaridan biri uning hokimiyatdan ketishi bo‘lgandi. Bundan so‘ng Misrning sobiq rahbari korrupsiya va namoyishchilarning o‘limida ayblanib hibsga olingan. Muborak olti yilni qamoqda o‘tkazdi. 2017-yilda u ozodlikka chiqdi.

Muborak oilasi bilan Qohira Heliopolis viloyatidagi villada yashadi.