Afsona endi yo‘q: Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov vafot etdi

Dmitriy Yazov og‘ir xastalik oqibatida vafot etdi. Yazov Sovet ittifoqi marshali unvoniga sazovor bo‘lgan harbiy boshliqlarning oxirgi vakili edi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Moskvada Sovet ittifoqining eng so‘nggi marshali Dmitriy Yazov 96 yoshida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligiga asosan xabar qilmoqda.

SSSR davrida bahor qanday kutib olingan – eng yorqin suratlar

Yazov og‘ir hastalik oqibatida vafot etdi. Dafn marosimi 28-fevral uni Mitishida federal harbiy xotira qabristonida o‘tkaziladi.

Yazov Sovet ittifoqining marshal unvoniga sazovor bo‘lgan harbiy boshliqlarning oxirgi vakili edi (1990 yil aprel). Ulug‘ vatan urushi yillarida ko‘rsatgan qahramonligi uchun u Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Dmitriy Yazov 1924-yil 8-noyabrda Omsk viloyati Yazovo qishlog‘ida tavallud topgan. 1987-yil may – 1991-avgustgacha SSSR mudofaa vaziri lavozimida bo‘lgan.

Uning rahbarligi ostida Qurolli Kuchlarning jangovar samaradorligini oshirish va Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha ko‘p ishlar qilindi.