Turkiyada zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga yetdi

5,7 magnitudali zilzila 23-fevral uni Turkiya va Eron chegarasida qayd etildi. Uning oqibatida to‘qqiz nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Turkiya sharqidagi zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 37 kishiga yetdi, to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda.

Turkiyadagi kuchli zilzila vaqtida nimalar ro‘y berdi – video

Mamlakat ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklar Bashkale tumanining Kashkol, Guvenlik, Gelenler va O‘zpinar qishloqlarida qayd etilgan.

Vazir vayronalar ostida haligacha odamlar borligi va ularni qutqaruv-qidiruv ishlar davom ettirilayotganini ta’kidladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eronda ushbu zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 75 kishiga yetgan.

5,7 magnitudali zilzila 23-fevral, yakshanba kuni Turkiya va Eron chegarasida qayd etildi. Epimarkaz Eronning Tabriz shahridan 141 kilometr g‘arbda va Turkiyaning O‘zalp shahridan 71 kilometrda janubiy-sharqda joylashgan.