Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

Avvalroq Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, fotohisobot e’lon qilgan edi. Unda shaharda duch kelgan ko‘plab kamchiliklar borasida tanqidiy fikr bildirgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Yaqinda Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagan taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov shahar aholisidan uzr so‘radi.

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

Varlamovning so‘zlariga ko‘ra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun o‘tib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda bo‘lib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

Shaharning obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Otabek Abdullayev  Facebook᾽dagi sahifasida Varlamov maqolasida ko‘rsatilgan obodonlashtirish ishlariga oid kamchiliklar bartaraf etilayotganini ma’lum qildi va o‘quvchilarga fotohisobotni taqdim etdi. Shuningdek, u shahar mutasaddilari kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilishlarini ta’kidladi.

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va to‘g‘ri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar bo‘ylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar o‘zbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan bo‘lardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr so‘rayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.

Rossiyalik bloger Ilya Varlamov Samarqand aholisidan uzr so‘radi

Shuningdek, u O‘zbekistonga albatta yana qaytishiga ishontirgan. U Toshkentni ko‘rish ishtiyoqida.