“Noyabrda paydo bo‘lgan”: Koronavirusning tarqalishiga oid yangi tafsilotlar yuzaga chiqdi

Endilikda olimlar ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan yangi turdagi koronavirusning 90 ortiq namunalarini tahlil qilib, u Uxandagi bozorga boshqa joydan tushgan degan fikrga kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Yangi turdagi koronavirusning odamdan odamga yuqishi o‘tgan yilning noyabrida yoki dekabr oxirida boshlangan. Aynan shu tariqa virus butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozoriga kelib qolgan. Xitoy Fanlar akademiyasi huzuridagi tropik botanika bog‘i olimlari shunday xulosaga kelishdi.

Yanvar oyi oxirida Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari yuqtirishning ehtimoliy manbalaridan biri sifatida virus tarqalishining o‘chog‘i bo‘lgan Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida noqonuniy sotilgan ko‘rshapalaklar deb hisoblashgan edi.

Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

Endilikda olimlar ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan yangi turdagi koronavirusning 90 ortiq namunalarini tahlil qilib, u dengiz mahsulotlari bozoriga boshqa joydan tushgani, so‘ngra ham bozorning o‘zida, ham uning tashqarisida tarqalganini aniqlashdi.

Bozorda birinchi kasallangan kishi 15-dekabrda paydo bo‘lgan. Olimlarning fikricha, shartli “ilk bemor”, aftidan, virusni bundan bir necha hafta ilgari yuqtirib olgan. Yomon sanitariya sharoitlari va odamlar gavjumligi tufayli bozor kasallik o‘chog‘iga aylangan.

Shunday qilib, tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, virusning odamdan odamga yuqishi, ehtimol, o‘tgan yilning noyabr oxiri dekabr boshida boshlangan. Keyin esa Uxandagi dengiz mahsulotlariga bozoriga yetib kelgandan so‘ng avj olgan.

Olimlar tahlil qilingan koronavirus genomlarining aksariyati bir xil yuqtirish manbasiga ekanligiga e’tibor qaratishgan, bemorlar Uxanda o‘zlari kasallanishgan, yoki bu shahardan bo‘lganlardan virusni yuqtirib olishgan.

COVID-2019

Xitoyda noma’lum pnevmoniyaning avj olishi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020-yil 23-fevral holatiga ko‘ra uni yuqtirganlar soni 78 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2465 kishini tashkil qilgan. 23221 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.