AQShda Green Card berish bo‘yicha yangi qoidalar kuchga kiradi

Gap AQShda davlat ko‘magiga tayanadigan chet ellik fuqarolar uchun talablarni keskinlashtirish haqida bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. AQSh hukumati 24-fevraldan boshlab AQShda doimiy istiqomat uchun guvohnoma berishning (Green Card) yangi qoidalarini amalga kiritishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Yangi qoidalar davlat ko‘magiga tayanadigan murojaatchilarga nisbatan qattiqroq talablarni ko‘zda tutadi.

AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

“Ichki xavfsizlik vazirligi dushanba kuni yangi qonunlarni amalga oshirishni boshlashi mumkin. <...>  (Shunga ko‘ra. – tahr.) jamiyatimizning yangi a’zolari moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishlari kerak”, - deyilgan bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirish niyatida ekani xabar qilingan edi.  Xususan, gap Medicaid dasturi orqali tibbiy xizmatlardan foydalanish, oziq-ovqatga talon olish va ijtimoiy boshpana xususida bormoqda.