TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Yunusobod metro liniyasi qurilishidagi fojea oqibatida halok bo‘lgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati xodimi Zarif Karimovga oilaning asosiy boquvchisi bo‘lgani sababli 281 mln 671 ming so‘mlik bir martalik nafaqa belgiladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining xabariga asosan.
To‘lovlar ish beruvchi va sug‘urta kompaniyasi tomonidan marhumning turmush o‘rtog‘iga 12-fevral kuni o‘tkazib berilgan. Bundan tashqari, marhumning dafn marosimi xarajatlari uchun 8 mln so‘m ajratilgan. Marhumning qaramog‘ida bo‘lgan besh nafar oila a’zosining har biriga 650 ming so‘m miqdorida nafaqa har oy to‘lab borilishi boshlangan.
Maxsus komissiya qarori bilan yana 5 nafar halok bo‘lganlar oilalariga ham bir martalik nafaqa pullari, shuningdek, mehnatga layoqatli bo‘lmagan oila a’zolari uchun oylik kompensatsiya to‘lovlarini belgilagan. Ularga to‘lovlarni mehnat shartnomasini tuzgan firma amalga oshiradi.