TIV Moskva metro stansiyasida bolasini tashlab ketgan ayol haqida ma’lumot berdi

Tashqi ishlar vazirligi Moskva metro stansiyasida bolasini tashlab ketgan ayol haqida ma’lumot berdi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi  O‘zbekiston fuqarosi M.K. qo‘lga olingani to‘g‘risida va OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Moskva metrosida farzandini tashlab ketgan ayol qo‘lga olindi – video

“U farzandini Moskva shahri metrosi bekatlaridan biri yaqinida qoldirib ketgan edi. Hozirgi paytda tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Elchixona mazkur vaziyatni 2020-yil 14-fevraldan buyon nazoratiga olgan hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan. Bola shahar kasalxonasida shifokorlar va mutaxassislar nazoratida, uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti”, - deyilgan xabarda.