Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi – eng qiziqarli suratlar

Sputnik

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19-20 fevral kunlari Turkiyaga tashrif buyurishdi.

Davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doirada uchrashuvlarni o‘tkazishdi. Unda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 2017-yil oktabr yakunida Turkiyaga tashrif buyurgandi, Erdog‘an esa O‘zbekistonga 2018-yil aprel oyida kelgan.

1 / 20
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi 19-fevral kuni Turkiyaga tashrif buyurishdi.
2 / 20
"Esonbug‘a" xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
3 / 20
Ta’kidlab o‘tish kerakki, bu Mirziyoyevning Turkiyaga amalga oshirilgan ikkinchi tashrif. Bundan oldin davlat rahbari Turkiyaga 2017-yil oktabrda tashrifi buyurgan.
4 / 20
Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi.
5 / 20
Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi.
6 / 20
Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida O‘zbekiston Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
7 / 20
Erdog‘an 2018-yil aprelda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
8 / 20
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
9 / 20
Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
10 / 20
Rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva sharafiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va uning rafiqasi Emina xonim tomonidan qabul marosimi tashkil etildi.
11 / 20
Prezident Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
12 / 20
Oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
13 / 20
Uchrashuvda ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishni kengaytirish, klinikalar va oliy o‘quv yurtlari tashkil etish bo‘yicha aniq loyihalar muhokama qilindi.
14 / 20
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
15 / 20
Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
16 / 20
Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimi.
17 / 20
Shavkat Mirziyoyev dunyoda o‘ta noyob bo‘lgan “Usmon Mushafi”ning xattotlarimiz tomonidan ko‘chirilgan nusxasi, Jaloliddin Rumiyning mashhur “Masnaviy” asari hamda Abu Bakr ar-Roziyning “Kasalliklar tarixi” asari qo‘lozmalarining faksimile nusxalari, “Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi tasviriy nusxalari” nomli kitob-albom, Yunus Emro she’rlarining o‘zbek tiliga tarjimasi jamlangan “O‘lmas ko‘ngul” deb nomlangan kitoblarni kutubxonaga tuhfa qildi.
18 / 20
Mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
19 / 20
Shavkat Mirziyoyevni "Esonbug‘a" aeroportida Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi.
20 / 20
Shavkat Mirziyoyevni "Esonbug‘a" aeroportida Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi.