Yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

Mazkur agentlik fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva davlatlariga ishga joylash uchun ulardan 50 ming dollardan ziyod pul olgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. “International Experience xususiy bandlik agentligi” MChJga berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Human” agentligidan jabr ko‘rganlarga zararlarni qoplab berish jarayoni boshlandi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu agentlik faoliyati ustidan ko‘plab fuqarolardan shikoyat arizalari kelib tushgan. Mazkur agentlik fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva davlatlariga ishga joylash uchun ulardan 50 ming AQSh dollaridan ziyod pul olgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu munosabat bilan, tegishli Nizomga muvofiq “International Experience xususiy bandlik agentligi” MChJ litsenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga to‘xtatilganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.