Kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emas? - shifokor tavsiyasi

Shifokor-terapevt Viktor Lishin kimlarga issiq dush qabul qilish mumkin emasligi haqida o‘z fikrlarini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Yauza klinikasi shifokor-terapevti Viktor Lishin qaysi kasalliklarda issiq dush yoki vanna qabul qilish kerak emasligi haqida gapirdi.

Olimlar “baquvvat” nonushta foydasi haqida so‘zlashdi

Dastlabki bosqichda yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan odamlar bunday suv muolajalari vaqtini 20 daqiqaga cheklashlari kerak. O‘rtacha va og‘ir shakldagi bemorlar esa issiq dushdan butunlay voz kechish kerak.

Issiq dush qabul qilishga imkon bermaydigan yana bir kasallik – bu diabet.

Bundan tashqari, shifokor teri (dermatit, psoriaz, toshmalar va chandiqlar) kasalliklari bo‘lgan odamlar issiq suv muolajalaridan voz kechishga chaqirdi. Lishin oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, birinchi navbatda, oshqozon yarasi yoki gastrit, qaynoq suv mutlaqo mumkin emasligi haqida ogohlantirdi.

"Vanna qabul qilayotganda, issiq suv qonni ichki organlarga faolroq borishga undaydi va bu kasalliklarning kuchayishiga olib keladi", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Varikoz va tromboz bo‘lganda, shuningdek, shamollashning o‘tkir bosqichida issiq dushdan voz kechish kerak, - deb qo‘shimcha qildi shikofor.

Lishin so‘zlariga ko‘ra, suv protseduralari uchun eng yaxshi harorat 28-30 daraja bo‘lishi kerak.