Uxandan olib kelingan o‘zbekistonliklar va xorijliklarga javob berildi

Koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan olib kelingan fuqarolar, jumladan, 5 nafar Qozog‘iston fuqarolarining karantin muddati yakuniga yetdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Koronavirus infeksiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uxan shahridan olib kelingan fuqarolarga javob berildi. Ularda ham koronavirus alomatlari aniqlanmadi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Ta’kidlanishicha, 84 nafar fuqaro, shu jumladan, 5 nafar Qozog‘iston fuqarolarining karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan uyiga kuzatilgan.

JSST rahbari koronavirus kimlar uchun o‘ta xavfligini ochiqladi

“Ochig‘i, Xitoyning Uxan shahri koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i bo‘lgani bois judayam xavotirga tushgan edik. Shunday qaltis vaziyatda davlatimiz tomonidan o‘z fuqarolariga ko‘mak bergani bizni judayam g‘ururlantirdi”, – deydi toshkentlik Doniyor Ubaydullayev.

“Karantin davrining boshi va oxirida 84 nafar fuqaro ikki marta koronavirus infeksiyasi bor yo‘qligini aniqlash bo‘yicha virusologik laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazildi. Tahlil natijalari biror fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi yo‘qligini aniqlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Bo‘ston” sanatoriysida joylashtirilgan 294 nafar fuqaroga karantin muddati yakuniga yetishi munosabati bilan javob berilgan edi.