So‘nggi besh yil davomida o‘rnatilgan an’analarga muvofiq barcha tomonlar Minsk kelishuvlarining "Yarim yubiley"ini nishonladilar. Ukraina Napoleon rejalariga to‘la. G‘arb o‘ziga o‘zi uyushtirgan boshi berk ko‘chadan qanday chiqish kerakligini tushunmay, o‘zini u yoqdan bu yoqqa urmoqda. Rossiya xotirjamlikni saqlamoqda, ammo buning ortida"biz ogohlantirgan edik" degan zaharli ishoralar oshkora o‘qilmoqda.
Hohish bo‘lsa, Moskvaning so‘nggi qadamlarida, odatdagidek, Kiyevning aybi bilan erishilgan kelishuvlar hali ham bajarilmaganligini ko‘rsatib, pozitsiyani biroz kuchaytirishni ko‘rish mumkin. Kecha Rossiyaning iltimosiga binoan ushbu muammo bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Biroq, Vladimir Zelenskiy bilan yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Vladimir Putinning Ukraina o‘z majburiyatlarini bajarish niyati bormi o‘zi deb to‘g‘ridan-to‘g‘ri bergan savoli ekanligidan buning yorqin dalilidir.
Xuddi shu muvaffaqiyat bilan, hamma narsa Kiyevning "Normand formati" borasida navbatdagi shov-shuvini mo‘’tadillashtirish bo‘yicha Moskvaning istagi bilan izohlanishi mumkin. So‘nggi kunlarda u yerda: a) kuchlarni ajratishning yangi talqini, b) chegarani nazorat qilishni qayta tiklash uchun ishchi guruhini yaratish zaruriyati va v) Donbassda Ukraina-Rossiya qo‘shma patrulini tashkil etish g‘oyasi e’lon qilindi.
Shu bilan birga, Ukrainaning barcha tashabbuslari aprel oyida bo‘lib o‘tadigan "Normand To‘rtligi" ning yig‘ilishida go‘yoki hal qilib bo‘lingandek ish tutilmoqda. Shu munosabat bilan, Kreml bu sammit uchun dekabr oyida Parijda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilgandan keyingina ma’no borligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora qilib alohida "qo‘llarni kaltaklash" ga majbur bo‘ldi, chunki bunda taraqqiyot aniq kuzatilmayapti.
Kiyevga katta siyosatga yaqinlik hissi va dunyodagi eng nufuzli kuchlarga yaqin bo‘lish imkoniyati xuzur bag‘ishlaydi. Uning vakillari tobora namoyishkorona iltifotsizlikni ko‘rsatayotgani hech kimni bezovta qilmaydi. Masalan, shunday xolat Munxen konferensiyasi tashkilotchilari amaldagi davlat rahbari nutq so‘zlagan zalga kirishga ruxsat bermagan Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko bilan ro‘y berdi.
Shu bilan birga, Kiyev vaziyatni o‘z foydasiga qaytarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqda. Qog‘ozda qayd qilingan Minsk kelishuvlari mavjud, ularni Ukraina rasmiylari bajarishni istamaydilar (va ba’zida, sharoitlarga qaraganda, ularni bajarishni ilojisi yo‘q). Natijada, besh yil davomida ular kelishilgan moddalarni almashtirish yoki ularni to‘ldirib, o‘zlarining pozitsiyalarini yanada foydali qilish uchun turli tashabbuslarni bildirishmoqda.
Shu bilan birga, Kiyev firibgarligi barcha manfaatdor tomonlar uchun juda oddiy va ravshan – Nigeriyadan kelgan "baxt maktublari" darajasida va yoki shunga o‘xshash vokzaloldi firibgarlar kabi, bunday harakatlardan keyin boshqacha aldovga murojaat qilish noqulay tuyuladi. Ammo bu xolatda ham Ukraina rahbariyatini hech narsa bezovta qilmaydi.
G‘arb hozirgi vaziyatdan juda gangaragan va Munxen xavfsizlik konferensiyasida "Donbasda tinchlikka 12 qadam" ma’ruzasi atrofidagi janjal buning yana bir tasdig‘idir.
Bu, umuman olganda, mazmun jihatidan zararsiz xujjatni ellikga yaqin ekspertlar imzoladilar - ular orasida taniqli va yuqori martabali amaldorlar, diplomatlar va harbiylar, shu jumladan konferensiya raisi Volfgang Ishinger ham bor.
Biroq, hisobot Ukraina, Amerika Qo‘shma Shtatlari (Atlantic Council nufuzli tahlil markazi alohida ajralib turdi) va Donbass respublikalari vakillari tomonidan qattiq tanqid qilindi. Kimdir unda "Kreml qo‘li"ni payqadi, boshqalar uchun bu so‘nggi yillarda minglab tonna yozilgan safsata yozilgan qog‘ozcha edi. Natijada, hujjat avval konferensiya saytidan o‘chirildi, bir necha kundan keyin esa qaytib joylandi. Bu (Munxen konferensiyasi kabi salobatli forum uchun unchalik mos bo‘lmagan) bezovtalikda, G‘arb o‘z qo‘llari bilan uyushtirgan Ukraina muammosining umidsizligi aks ettiriladi va u haqiqatan ham umidsiz.
Vaqti-vaqti bilan dunyoning turli burchaklarida, yana birozdan so‘ng - Rossiya, Yevropa yoki AQSh (yoki barchasi birgalikda)larning sabri tugab, Ukrainaga qarshi keskin choralar ko‘rishlari mumkin va shu orqali joriy "Gordiyev tuguni"ni chopib tashlashi mumkin degan fikrlar juda yuqori ekspert darajasida bildirilmoqda.
Tegishli prognozlar juda shubhali ko‘rinadi, chunki bunday choralar asosiysini - Ukrainani o‘z balansiga olishni talab qiladi. Bunga na xoxlovchilar va na tayyorlar yo‘q. G‘arb Rossiyaga og‘ir yukni o‘z zimmasiga oldirish uchun bir necha yil sarfladi, ammo bir oz oldin u o‘z harakatlarining behuda ekanligini anglab yetdi. G‘arbni yukni o‘z zimmasiga olishini kutish yanada soddalikdir.
Shu sababli, boshi berk ko‘chadan muammosiz chiqishning iloji yo‘qligi sababli, endilikda muhim vazifa - bu yerda qolishni imkon qadar qulay sharoitga kelitirsh. Birinchidan, Kiyevning ovozini pasaytirish bilan bog‘liq, aks holda bu quruq shov-shuvlar orqali unga bonuslar va zavqni ta’minlaydi, ammo uning atrofidagilar uchun - bu bosh og‘rig‘i va vaqtni behuda sarflashni ta’minlaydi.
Ko‘rinishidan, bu masalada G‘arbning nuqtayi nazari Rossiya nuqtayi nazariga to‘liq mos keladi.