Aziz Ikromov zimmasiga yangi vazir o‘rinbosari vazifalari ham yuklatildi

Zamestitel ministra vnutrennix del Respubliki Uzbekistan Aziz Ikramov
Qayd etilishicha, Ikromov IIVda o‘z lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini ham bajaradi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Ichki ishlar o‘rinbosari Aziz Ikromov zimmasiga yangi tashkil etilgan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini yuklatildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Oformlenie vremennoy propiski
Ikromov: propiska so‘zi amaldan chiqarilib, o‘rniga “qayd etish” birikmasi ishlatiladi

Qayd etilishicha, Ikromov IIVda o‘z lavozim va vazifalarini saqlab qolgan holda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifalarini ham bajaradi.

General-mayor Aziz Ikromov o‘tgan yili noyabr oyida ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.