Gaaga sudi Rossiyani 50 milliard $ to‘lashga hukm qildi

YuKOS kompaniyasining ishi yuzasidan Niderlandning Gaaga sudi yana bir bor Rossiya 50 million dollar to‘lashi kerak degan qaror chiqardi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Niderlandning Gaaga shahrida joylashgan BMT Xalqaro appelyatsion sudi Rossiya YuKOS kompaniyasi investorlariga 50 million dollar to‘lashi kerak degan qaror chiqardi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ushbu qaror e’lon qilinganidan so‘ng Rossiya Adliya vazirligi ushbu ish yuzasidan appelyatsion tartibda Niderland Oliy sudiga murojaat qilishini xabar qildi. Muassasa xabariga aytilishiga ko‘ra, Xalqaro appelyatsion sud YuKOSning sobiq aksiyadorlari “vijdonli investor” bo‘lmaganliklarini inobatga olmagan.

“YuKOS kompaniyasi aktivlari ustidan nazorat bir qator noqonuniy harakatlar natijasida qo‘lga kiritilgan. Kompaniya sobiq rahbariyati ommaviy tartibda soliqlardan qochish, aktivlarni xorijga noqonuniy olib chiqib ketish, noqonuniy daromadlarni “yuvish” kabi ishlar bilan shug‘ullangan”, - dedi vazirlik vakili.

Rossiya tomon aytishiga qaraganda, kompaniya aksionerlari YuKOSni boshqarishda “rus sendvichi” uslubidan foydalangan. Tepada nazorat qiluvchi oligarxlar, o‘rtada - ofshor kompaniyalar va eng pastda – YuKOS neft kompaniyasi joylashgan.

Xitoy Gaaga sudining Janubiy-Xitoy dengizi bo‘yicha qarorini tan olmadi

Undan tashqari, soliq choralari haqidagi tortishuvlar xalqaro arbitraj sudlarida ko‘rib chiqish - Rossiya qonunchiligiga zid, chunki bu Rossiya soha davlat siyosati sohasiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Gaaga sudi YuKOS sobiq aksionerlarining arizasiga binoan Rossiyani 50 milliard dollar to‘lashi haqida hukm chiqargan edi. Moskva ushbu qarorni appelyatsiyaga bergan, 2016-yilda esa Gaaga sudi o‘z qarorini bekor qilgan edi.

YuKOS kompaniyasi qazib olingan neftni “skvajina suyuqligi” degan nom bilan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan kompaniyalarga sotgan va neft xom-ashyosi sifatida qayta sotib olgan. Natijada 1999-yilda kompaniya qazib olingan 1 tonna neft uchun “Surgutneftegaz”ga nisbatan 10 baravar, “Lukoyl”ga nisbatan 5 baravar kam soliq to‘lagan. Vikipediya yozishiga ko‘ra bu “soliqlarni optimizatsiya qilish” deyilarkan, bunday uslub oldin amerikada qo‘llanilgan ekan.

YuKOSning moliyaviy noqonuniy harakatlariga birinchi bo‘lib 2002-yilda Fransiya maxsus xizmatlari e’tibor berishgan. Kompaniya aksiyadorlaridan birining xotini Shveysariya bankidagi hisob raqamida yuzlab million dollar pul o‘tayotgani qayd etilgan. Shundan so‘ng Rossiyada 2003-yilda YuKOSni soliq organlari tekshirishni boshlaydi va kompaniya rahbariyati qamoqqa olinadi.