TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Sirdaryo viloyatiga ilk marotaba ayol kishining hokim etib tayinlanganligi yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Elmira Bositxonovaga ko‘ra, Siyosat va hukumatda ayollar sonini oshirish kerak. Sababi, ayollarning oliy ma’lumot olishining o‘zi yetarli emas, ayol qizg‘in jarayonlarda faol bo‘lib namuna ko‘rsatsa, mamlakat qizlarining ta’lim olishga bo‘lgan intilishi ortadi.
Bu haqda Bositxonova joriy yilning 18-fevral kuni Toshkentdagi mehmonxonalarning birida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tgan.
Shuningdek, Boyovut tumani hokimi etib tayinlangan Dilfuza O‘ralovaning O‘zbekistondagi yagona hokim bo‘lgani bilan tabriklab, uning tuman hokimi etib tayinlanishi ayollarning jamiyatdagi o‘rni alohida ekanligiga urg‘u bergan.
Shuningdek, Qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etishiga monelik qiladigan sabablardan biri - "ayol uyida o‘tirsin, xotin kishi ro‘zg‘origa qarasin" qabilidagi aqidalarni parchalashga xizmat qiladi, deya ta’kidlab o‘tgan Bositxonova.