“Amirsoy”ga dam olish uchun chiqqan fuqaro to‘satdan vafot etdi

Dam olish maqsadida ushbu dam olish maskaniga chiqqan fuqaro to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan. Bu haqda IIV axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Joriy yil 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida fuqaroning to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.

O‘zbekiston Kursheveli - Amirsoy ochilishidan yorqin suratlar

Ushbu fuqaro Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan I.A. bo‘lib, u “Amirsoy”ga dam olish maqsadida chiqqan. 

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra fuqaroning vafot etishiga sabab "yurak xastaligi" ekani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti joriy yil 21-dekabr kuni ochilgan edi. Uning tantanali ochilish marosimida ko‘plab mehmonlar, xorijlik sayyohlar qatnashgan edi.