O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni tez aniqlaydigan vosita sotib oldi

Ushbu tashhis vositasi koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi, u JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib  Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini berdi

Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 % ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashhis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.

Buyurtma qiymati haqida hech narsa deyilmagan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Rossiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan vositalarni beg‘araz ravishda yetkazib bergani haqida xabar bergan edik.