Bektemir Meliqo‘ziyevning oson g‘alabasi – video

Meliqo‘ziyev raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga tushirganidan so‘ng hakam nokaut holatini qayd etib jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Professional boksning o‘rta vazn toifasida (76 kg) professional ringga chiqqan Bektemir Meliqo‘ziyev meksikalik Oskar Kortesni nokautga uchratdi.

10 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raundda o‘zbekistonlik bokschining g‘alabais bilan yakuniga yetdi. Bu Bektemir Meliqo‘ziyevning professional ringdagi 5 g‘alabasi va 4 nokauti bo‘ldi.

​Jang boshlanganidan qo‘ng Meliqo‘ziyev raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Raund yakunida chap qo‘lda qorin qismiga bergan zarbasidan so‘ng hakam nokaut holatini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, aslida ushbu jangni Bektemir Meliqo‘ziyev Marko Antonio Peribanga qarshi o‘tkazishi kerak edi, lekin bir kun qolganida u shifoxonaga tushib qoldi va Bektemirga qarshi boshqa raqib ringga chiqdi.