O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi

Umumiy quvvati 127,2 MVt bo‘lgan yiliga o‘rtacha 534,1 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 16 ta yangi mini GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi. Bu muhokamaga qo‘yilgan Davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorlikda Zarafshon darosida GES quradi

“Umumiy quvvati 127,2 MVt bo‘lgan yiliga o‘rtacha 534,1 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 16 ta yangi mini GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish”, - deyilgan hujjatda.

Hududlarda ishlab chiqarish va injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy budjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmi yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda joriy yilda qariyb 1300 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3 ming 500 megavattli bug‘-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalar shakllantirilgan.