O‘qishni ko‘chirish tartibi buziladi: Mansurov Tojikistondan o‘zbek talablarining ketishi haqida

Rus-tojik Slavan universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Umid Mansurov o‘zbekistonlik talabalarini o‘z vataniga o‘qishni ko‘chirish haqidagi xabarni shubhali yangilik deb atadi.
Sputnik

Bundan avval Tojikiston davlat pedagogik universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talablarini vatanga qaytarish haqida ma’lum bo‘ldi.

Qo‘shni davlatlardan o‘qishni ko‘chirish muddati 15-martga qadar uzaytirildi

Respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan talablar Tojikiston pedagogika universitetidan hujjatlarini olib, o‘qishni O‘zbekistonda davom ettirishi mumkin.

“Oliygohlardagi o‘quv yuklamasi butun yilga taqsimlangan. Ehtimol, o‘zbekistonlik talabalar o‘z mamlakati oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishni so‘rashlari mumkinligi nazarda tutilgan”, - deb hisoblaydi Mansurov.

“Universitetimizdagi qator o‘zbekistonlik talabalar ham o‘qishni ko‘chirishi umidida O‘zbekistonga jo‘nab ketishdi, ammo men ular uddasidan chiqadi deb o‘ylamayman. Bizda O‘zbekiston fuqarolarining 15 foiziga yaqini ketgan”, - dedi prorektor Sputnik Tojikiston bilan suhbatda chog‘ida.

U o‘qishni ko‘chirishning ma’lum tartibi borligini aytdi. Boshqa oliygohda o‘qishni ko‘chirish uchun ikki rektor – O‘zbekiston va Tojikiston roziligi kerak bo‘ladi.  

O‘zbekistonda 600ga yaqin talaba kontrakt pulini to‘lolmay o‘qishni tashlagan

“"Boshqa universitetga o‘tish munosabati bilan talabalar safidan chiqarilsin" – degan formulirovka bo‘lishi kerak. Shu holatda bu protseduralarga rioya qilinmayapti, o‘qishni ko‘chirish tartibi buzilmoqda”,  - deb ta’kidladi prorektor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aholisi 34 million bo‘lgan O‘zbekistonda 60 ta oliy o‘quv yurti bo‘lgan, aholisi 9 million bo‘lgan Tojikistonda 40 ta universitet bo‘lgan, O‘zbekiston universitetlariga abituriyentlar katta tanlovi bo‘lgan.

Sovet Ittifoqi davridan beri Surxondaryo viloyatidan aholi tahsil olish uchun Tojikistonga kelgan. O‘zbek yoshlari politexnika, tibbiyot institutlari va Milliy universitetni tanlashgan.

Chegaralar ochilgandan so‘ng, o‘zbekistonlik talabalar oqimi tiklandi, hozir ular rus filologiyasi, tilshunoslik, biologiya, kimyo yo‘nalishlarini tanlashmoqda.

"Slavan universiteti Rossiya diplomini beradi, shuning uchun o‘zbekistonlik talabalar bu oliygohdan ketishmasa kerak ", - deb qo‘shimcha qildi Mansurov.